Hokim mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda

04.04.2025 / 128

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev Sobirobod mahallasida aholi turmush tarzi, maishiy xizmat ko‘rsatish masalalarini o‘rgandi. O‘rganish mobaynida mahalladagi tibbiyot punkti va mahalla bozori faoliyati bilan tanishdi.

Hokim mini tibbiyot punktidagi sharoitlar, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, ularning ish sharoitlari va muammolari haqida ma’lumot oldi.

Hokim mahalladagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozor faoliyatini ham o‘rganib, do‘konning mahsulot turlari, narx-navo va aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi bilan qiziqdi. U mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Boxadir Abduvaliyev mahalladagi tibbiy xizmatlar va savdo nuqtalari aholi ehtiyojlariga mos ravishda rivojlanishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. Shu maqsadda, tibbiyot punktining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar malakasini oshirish va savdo nuqtalarida sifatli mahsulotlar taklif etilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Powered by GSpeech