Hokim mahallalarda aholi daromadini oshirish bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi
Joriy yilning 6 mart kuni Prezidentimizning F-18-sonli farmoyishi qabul qilindi. Unda tomorqalardan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini oshirish, kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada faollashtirish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Ushbu tashabbus doirasida 11 martdan boshlab mamlakatimiz bo‘ylab “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e’lon qilindi.Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida mahallalarga tashrif buyurib, aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadini oshirish, kambag‘allikka qarshi kurashish va iqtisodiy faollikni kuchaytirish jarayonlarini joyida o‘rganmoqda.
Tuman hokimi B. Abduvaliyev «Sharq haqiqati» mahalla fuqarolar yig‘iniga borib, mahalladagi bir nechta xonadonlar bilan tanishdi. Jumladan, Xasanboy 6-tor ko‘chasida joylashgan 42-uyda istiqomat qiluvchi Murodxo‘ja Nig‘monovning xonadonida yashovchi mehnatkash va hamjihat katta oilaning turmush-tarzi bilan tanishdi.
Oila o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, 2 sotix yer maydorida xonaki gullar yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Tabiatni sevib, mehnat qilishni hayot tarziga aylantirgan ushbu oila nafaqat o‘z ehtiyojlari uchun, balki bozorga chiqarish maqsadida ham gul yetishtirmoqda. Ular issiqxonasidan yiliga ikki marta hosil oladi. Bahor mavsumida gul nihollari parvarishlansa, kuz-qish mavsumida turli sabzavot mahsulotlarini ekib yaxshigina daromad olmoqda. Oila a’zolarimizning barchasi ish bilan band.
Hokim B.Abduvaliyev, ularning mehnatsevarligiga yuqori baho berib, kelgusida daromadni oshirish uchun tavsiyalar berdi. Shuningdek, xonadon egalarining muammolari tinglanib, ularni qisqa muddatda hal qilib berish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma berdi. Shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xullas, ishlasa, aniq reja asosida mehnat qilsa, albatta, rohatini ham ko‘radi.