HOKIM MАHАLLА YЕTTILIGI FАOLIYАTINI O‘RGАNDI

25.09.2024 / 199

Yunusobod tumani hokimi B.Аbduvaliev "Barhayot" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi. Muloqotda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi va kambagʼallikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Hokim, mahalladagi ishsiz, kasb-hunari yoʼq aholini mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan hunarlarga jalb qilish boʼyicha tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi va mutasaddilarga tadbirkorlik va o‘zini-oʼzi band qilish, "Аyollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga kerakli bo‘lgan mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyalarni olishga ko‘mak berish lozimligi bo‘yicha vazifalar berildi.

Shuningdek, o‘rganishda mahalladagi mavjud zaxira va imkoniyatlardan kelib chiqib, lider tadbirkorlarni tanlab olish va ularga mahalladagi tadbirkorlik qilish va ishlash istagini bildirgan aholini biriktirish, mikro va kichik loyihalarga dasturlar doirasida kreditlar ajratish va yangi ish oʼrinlarini tashkil etish bo‘yicha hokim yordamchisi va “O‘zsanoatqurilishbank” Shaxriston filialining hisoboti va kelgusidagi loyihalari ko‘rib chiqildi hamda tegishli tavsiya va koʼrsatmalar berildi.

Muloqotda mahallani namunali, ishsiz, kambagʼallikdan holi hududga aylantirish, fuqarolarni barqaror daromad keltiradigan kabs-hunarlarga jalb qilish yuzasidan mutasaddilarga vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech