HOKIM IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev “Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida mahallalardagi aholining turmush tarzi, ijtimoiy holati va iqtisodiy faolligini o‘rganish maqsadida navbatdagi xonadonlarga tashrif buyurdi. Shu jumladan, “Sharq haqiqati” mahallasi Hasanboy 5-tor ko‘chasida istiqomat qiluvchi Saydaxmadovlar xonadoniga tashrif buyurdi.
Ushbu xonadonda 1997 yilda tug‘ilgan Umida Saydaxmadova o‘z oilasi – qaynota, qaynona, turmush o‘rtog‘i va ikki nafar go‘dak farzandi bilan birga istiqomat qiladi. U bilim olishga intiladigan, o‘z kelajagi uchun harakat qilayotgan yosh ona bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Milliy universitetning 3-bosqich talabasi.
Turmush o‘rtog‘i – Saydaxmadov Xojakbar Mirzaahmadov oziq-ovqat do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlaydi. Uning topayotgan daromadi oila xarajatlarini qoplashga zo‘rg‘a yetmoqda. Shu sababli, Umida o‘qish kontraktini to‘lashda muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi.Tuman hokimi Umida singari ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Har doim ularga saxovat ko‘rsatib, moddiy qo‘llab kelinadi.
Hokim B. Abduvaliyev, ularning ijtimoiy ahvolini diqqat bilan tingladi va bu masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini aytib, yosh oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘lov kontrakt pulini to‘lashga amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. Shuningdek, ularning kelajak rejalari, kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishidagi imkoniyatlari borasida maslahatlar berdi.
O'zbekcha
Русский
English