HOKIM IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILA XONADONIGA BORDI
♻️Joriy yilnieg 11-sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yurtimizdagi 14 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktirilishi belgilandi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliev, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida turmush sharoitlarini yaqindan o‘rganmoqda.
Xususan, tuman hokimi B.Abduvaliev, bugun Bo‘zsuv mahallasida yashovchi Roxatoy Sulaymonovaning xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy ahvoli bilan atroflicha tanishdi. Ushbu oila farzandlarining chuqur ta'lim olishi, fanlarni o‘zlashtirishi uchun ko‘mak beriladigan bo‘ldi. Bundan tashqari oilalarga tijorat banklari biriktirilib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kredit ajratish masalasi o‘rganiladi.
♻️Xonadon egalari bilan muloqotlarda ularning kasb ko‘nikmalari, qiziqishlari o‘rganildi va ushbu oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
O'zbekcha
Русский
English