HOKIM BANK MIJOZLARI VA YOSH TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI

26.09.2024 / 221

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari mijozlari hamda yosh tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Unda tumandagi mavjud tijorat banklari, endigina faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar , yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda tuman hokimi B.Abduvaliyev,tadbirkorlar o‘z faoliyatini kengaytirishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligiga to‘xtalib, banklar mijozlar bilan ishlashda byurakratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini qayd etdi.

Muloqotda tijorat banklari mijozlarga yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi, masofadan boshqariladigan jozibador xizmat turlarini yanada ko‘paytirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bankning uzoq muddatli depozitlariga jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid dasturlarni amalga oshirish yuzasidan ma’lumot berdi.

Hokim B.Abduvaliyev, tadbirkorlar o‘z faoliyatini olib borishda banklar ko‘makchi bo‘lishi lozimligiga to‘xtalib, ularning oldida turgan mavjud muammolarni bartaraf qilish, yangi bank xizmatlarini joriy etish, mijozlar uchun bank xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish va ommabopligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini berdi.Shuningdek tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bulgan yoshlarga zarur bo‘lgan tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan tuman ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalar, takliflar o‘rtaga tashlandi.Uchrvshuvda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga tijorat banklari va "Toshkent invest" kompaniyasi hamda "Yunusobod Siti" kompaniyalari ekspertlari javob berishdi

 Taklif etilgan loyihalarni ko‘rib chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha alohida chora tadbirlar belgilab olindi.

Powered by GSpeech