Hokim Astronomiya bog‘ida amalga oshiriladigan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.

17.04.2025 / 117

 Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi Astronomiya bog‘ida amalga oshiriladigan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.

  Hokim B.Abduvaliyev Astronomiya bog‘i hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Mutasaddilar bilan muloqotda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, yoritish tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

  Shuningdek, hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida ko‘p yillik manzarali daraxtlar va gullar ekish, tabiiy landshaftni saqlab qolish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

  Hokim tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi mas’ullariga belgilangan ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarini berib, ijrosi nazoratga olindi.

Powered by GSpeech