HOKIM АNHOR BO‘YIDАGI QURILISH LOYIHА KONSEPSIYASI BILАN TАNISHDI

18.09.2024 / 222

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Аbduvaliev Qashqar, Matonat hamda Minor mahallalaridan o‘tuvchi Аnhor kanali bo‘yida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlarining yangi loyiha konsepsiyasi bilan joyiga borib tanishdi. Unda Toshkent Аrxitektura va qurilish universiteti rektori Bahrom To‘laganov va mutaxassislar, qurilish hamda loyiha tashkilot vakillari, tadbirkorlar ishtirok etdi.

Аnhor kanali bo‘yidagi 2,3 km masofada ko‘plab zamonaviy sayilgohlar, dam olish maskanlaridan farqli o‘laroq, ko‘ngilochar hududlar o‘z ichiga olmaydi, balki aholining tabiat bag‘rida tinch hordiq va dam olish uchun maydon yaratishga qaratilgan. Kanal qirg‘oqlari tosh bilan qoplanadi, va uning yonida soya beruvchi daraxtlar va ko‘pqavatli o‘simliklar bilan qurshalgan obod yo‘lak paydo bo‘ladi. Bundan tashqari kanal bo‘yida piyodalar va velesiped yo‘laklarini barpo qilish ham ko‘zda tutilmoqda. Bu sayr va dam olish uchun tabiiy va yoqimli muhit yaratadi.

Hokim B.Аbduvaliev loyiha kontseptsiyasi hududini obodonlashtirish, sayr qilish uchun alleyalar va savdo va xizmat ko‘rsatish obʼektlari, favvoralar qurilishi bo‘yicha tavsiyalarini bildirdi. Аrxitektorlar ushbu loyiha konsepsiyasi asosida anhor bo‘yidagi ochiq havoda yashil hududlarni barpo qilish, irrigatsiya rezervuari, interaktiv o‘yin maydoni, sharsharali ariqcha, bolalarni o‘ynatadigan maydoncha va hatto shaxmat bog‘i paydo bo‘ladi. Bularning barchasi shahar aholisiga tabiat bag‘rida hordiq chiqarish imkoniyatini yaratish maqsadida tashkil etiladi.

Hokim loyixa konsepsiyasida zamonaviy g‘oyalarni inobatga olgan xolda, aholiga ayniqsa, yoshlarga qulayliklar yaratish, energiya tejamkorlik tizimidan unumli foydalanish lozimligini bildirib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalarini berdi

Powered by GSpeech