HOKIM AHOLINI UZLUKSIZ ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH JARAYONLARINI KO‘ZDAN KECHIRDI
Ayni paytda Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev, tumandagi ijtimoiy obe’ktlar, korxonalar, tadbirkorlik sube’ktlari, savdo va xizmat ko‘rsatish obe’ktlari, BSKga birma-bir kirib, issiqlik ta’minoti, elektr energiya tizimlarining ishlash jarayonlari, markaziy shox ko‘chalar, mahallalarning ichki yo‘llarini qordan kurash jarayonlarining boshida turdi. Bundan tashqari mahallalardagi yettilik faoliyati bilan ham tanishmoqda.
Xususan hokimi B.Abduvaliyev, tuman elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lib, aholiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish jarayonlari bilan tanishdi. Bu yerda monitor orqali mavjud transformator punktlari, nimstansiyalardagi texnik holat kuzatib boriladi. Mutasaddilar, hokimga ushbu dastur asosida monitoring olib borilayotganligi, navbatchilik qismlari 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatayotganligi, mavsumni betalofat o‘tkazishga barcha sharoitlar yaratilganligi haqida ma’lumot berdi. Tuman elektr ta’minoti korxonasida avariya holatlarni bartaraf etish uchun mavjud zahiralar o‘rnatildi.
Hokim, B.Abduvaliyev, hokimlik navbatchilik qismiga
elektr energiya tizimida texnik nosozliklar kuzatilayotganligi, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish zarutligi bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
O‘rganishlar mobaynida tumanda tunu-kun ishlash tizimi tashkil etilganligi, sodir bo‘lgan nosozliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, ishlarni 24/7 rejimida nazoratga olish uchun sektor rahbarlariga topshiriq berdi.
O'zbekcha
Русский
English