Hokim 220-sonli umumtaʼlim maktabida qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

23.12.2025 / 15

Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev umumta’lim maktabi binolari, issiqlik va elektr ta’minoti, suv ta’minoti hamda bolalar uchun xavfsiz muhit ta’minlanganlik holatini ko‘zdan kechirdi.

Hokim maktab rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazib, qish mavsumida ta’lim jarayoni va bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qildi. Shuningdek, mavsum davomida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday muammoni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Tashrif yakunida hokim maktab mutasaddilariga qish mavsumida barqaror va xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni belgiladi.

Powered by GSpeech