HISOBOT KONSERT O‘TKAZILDI

25.12.2024 / 209

Yunusobod tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi Madaniyat markazlari qoshida tashkil etilgan "Xalq va namunali" unvoniga ega bo‘lgan badiiy havaskorlik jamoalarining "Xush kelibsan, Yangi yil" deb nomlangan 4-chorak hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir avvalida Yunusobod tuman madaniyat bo‘limi tomonidan san’at rivojida olib borilayotgan ishlari ma’lumot berildi. Konsert dasturida badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tomonidan jonajon Vatanimiz, tinch va osuda, erkin hayotimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

San’atning turli yo‘nalishlaridagi badiiy chiqishlar bilan fayz olgan konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi. Yosh san’atkorlarni kuzatar ekansiz, ularning yuz-ko‘zlaridan san’atga bo‘lgan o‘zgacha muhabbatlari-yu yorqin iste’dodlari namoyon bo‘ladi.
Unutilmas va barchaga birdek manzur bo‘ladigan konsert dasturi oromgohdagi Nuroniylarga xushkayfiyat baxsh etdi.

Powered by GSpeech