"High Town City” majmuasida Navro‘z bayrami o‘tkazildi
Kuni kecha Yunusobod tumanida foydalanishga topshirilgan “High Town City” majmuasida Navro‘z bayrami katta tantana bilan nishonlandi. Tadbirda yurtimizning qadimiy urf-odatlari va milliy qadriyatlari namoyon etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar, sahna ko‘rinishlari orqali Navro‘z bayramining ezgu g‘oyalari — yangilanish, do‘stlik va hamjihatlik alohida targ‘ib etildi.
Tantanali bayramda estrada yulduzlari ishtirok etib, ular tomonidankuy va qo‘shiqlar yangradi hamda mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashildi. Shu bilan birga, hunarmandlar va milliy taomlar ustalarining ko‘rgazmalari tashrif buyurganlarga katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida bolalar va kattalar uchun turli xil qiziqarli o‘yinlar, viktorinalar va rang-barang shou dasturlar tashkil etildi. Navro‘z bayrami mehmonlar uchun samimiy va iliq muhitda o‘tib, barcha ishtirokchilarga unutilmas shodlik va baxtli onlarni ulashdi.
O'zbekcha
Русский
English