Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
Yangi yil bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, Yunusobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi tuman kengashi raisi I. Ashrapova tashabbusi bilan “Billur” MFY raisi A.Rahmatov, mahallaning “Keksalar maslahat guruhi” a’zolari bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari vakillariga bayram sovg‘alari taqdim etildi.
Xususan,“Billur” MFYda istiqomat qiluvchi yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi, samimiy suhbatlar o‘tkazildi va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat bayram sovg‘alari topshirildi.
Ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik va e’tibordan mamnun bo‘lgan oila vakillari yurtimizda inson qadri yuksak darajada e’zozlanayotganini ta’kidlab, tashkilotchilarga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.
O'zbekcha
Русский
English