Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi

09.03.2025 / 154

"Ramazon — saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik" g‘oyasi asosida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati I. Ashrapova hamda "Adolat" MFY raisi Sh.Parikov bilan hamkorlikda mahalladagi front orti mehnat faxriylari, yakka-yolg‘iz keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Ramazon tuhfasi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Tadbir davomida xayriya yordamlari oluvchilarning holatlari o‘rganilib, ularning muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi. Kam ta’minlangan oilalar xayriya tadbirini uyushtirayotgan tashkilotchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Ramazon oyi munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir nafaqat moddiy yordam berish, balki jamiyatda birdamlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

Powered by GSpeech