HAFTANING HAR JUMASI MILLIY LIBOSLAR KUNI

14.03.2025 / 192

   Bugun Yunusobod tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida "Milliy liboslar – milliy qadriyatlar kuni" doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, 250-sonli umumta’lim maktabida ushbu kun har doimgidek namunaviy tarzda tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, xalqimizning boy madaniy merosi va an’analarini o‘zida aks ettirgan namunalarni namoyish qilishdi. Ushbu kun munosabati bilan maktabda turli ma’rifiy tadbirlar, viktorinalar va milliy liboslar tarixiga bag‘ishlangan suhbatlar tashkil etildi.
   Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan milliy raqslar, she’riy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Milliy liboslar – xalqimiz ma’naviyati va an’analarining ajralmas qismi bo‘lib, bugungi kunda ular nafaqat bayram tadbirlarida, balki kundalik hayotda ham munosib o‘rin egallashi kerakligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar va tashabbuskor o‘qituvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Powered by GSpeech