Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish bizning ustuvor vazifamizdir
Yunusobod tumani hokimligida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularni har tomonlama va chuqur o‘rganish hamda mavjud muammolarga qonuniy, adolatli va ijobiy yechim topish bo‘yicha izchil va samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan. Har bir murojaat mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqilib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan manzilli va amaliy choralar ko‘rilmoqda. Ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy-psixologik yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar natijasida ko‘plab muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishilmoqda.
Shuningdek, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan tizimli ravishda profilaktik, tushuntirish va maslahat ishlari olib borilib, oila muqaddasligini asrash, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish hamda er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va mas’uliyatni mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilayotgan suhbatlar orqali nizolarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Mazkur oilalarni yarashtirish, ularning kelgusida barqaror va mustahkam hayot kechirishini ta’minlash maqsadida masalalar tegishli komissiya ko‘rib chiqishi uchun tavsiya etildi hamda bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English