FAXRIY MURABBIYLARDAN XABAR OLINDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida faxriy o‘qituvchi va murabbiylardan holidan xabar olinmoqda. Tuman hokimi o‘rinbosari D.Muhsimova, "Qashqar" MFY, Markaz 4, 21-uy, 7-xonadonda istiqomat qilayotgan Gulnora Umarovaning xonadoniga borib hol ahvol so‘radi. Uni 1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati tabriklab, dildan suhbat qurdi.
Gulnora opa bilan suhbat qiziq kechdi. — Bugun o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan davr keldi. Murabbiylik kasbi ulug‘lanib, qadr topmoqda. Qaniydi yosh bo‘lsamu, mehnat qilib, kelajak avlodga ilm bersam deydi,— u. — Kuni kecha Prezidentimizning bayram tabrigini o‘qidim, televideniye orqali o‘qituvchilar bilan muloqot qilganini diqqat bilan ko‘rdim. Eheye, shuncha sharoit-a? O‘qituvchilarning oylik maoshlari ming dollardan oshganichi? Yoshlar ham ilmga chanqoq. O‘zbekistonning buyuk kelajagiga poydevori mustahkam qo‘yilmoqda. Hali ko‘rasizlar, yaqin yillarda ilmi, dunyoqarashi o‘zgacha yoshlar maydonga chiqadi. Eng qudratli davlatlar qatoriga qo‘shilishimizga men ishonaman.
Suhbatlarda o‘tgan davrlar tilga olindi. Bugungi islohotlar bardavom bo‘lishiga tilak bildirildi. Gulnora opaga, hokimlik nomidan sovg‘a salomlar, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. U duoga qo‘l ochib, yurtga tinchlik va xalqimizga farovonlik tiladi
O'zbekcha
Русский
English