“Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun bahlar murosasiz kechdi

06.10.2024 / 267

Yoshlarni sog‘lom va barkamol inson etib voyaga yetishida sportning o‘rni beqiyos. Shu ma’noda Yunusobod tumanidagi mahallalarda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Xususan tumanida 2-sektor hududidagi mahalla yoshlari o‘rtasida “Yurtning kuchi – birlikda, qadri esa tinchlikdadir!” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqalarda yoshlar voleybol, shaxmat, shashka, arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha kuch sinashdi. Murosasiz kechgan musobaqada hakamlar hay’ati jamolarni baholab borishdi.

Bahslarda kuchli jamoalar aniqlandi. Umumjamoa hisobida Yurtobod MFY yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Raqiblaridan biroz ortda qolgan Oqtepa MFY 2-o‘rinni oldi. 3-o‘rin esa Mehnatobod mahallasi yoshlariga nasib qildi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Yurtobod MFY yoshlari musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadi.

Powered by GSpeech