FARZAND TARBIYASIDA HAMKORLIK

11.10.2024 / 248

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 97-sonli umumta’lim maktabida “Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yo‘lini to‘saylik!” shiori ostida pedagoglar jamoasining ota-onalarga Murojaati o‘qib eshittirildi.

Tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman hokimligi, ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya mas’ullari, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” mutaxassislari, ota-onalar ishtirok etdi.

Unda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova so‘zga chiqib, farzand tarbiyasida maktab — oila — mahalla hamkorligi, ota-onalar zimmasidagi mas’uliyat hamda vazifalarga hayotiy misollar orqali alohida to‘xtalib o‘tdi.

Pedagoglar jamoasining ota-onalarga Murojaatini ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Gullola Sodiqova o‘qib eshittirdi.

Powered by GSpeech