#ЭЪТИРОФ

23.01.2025 / 173

Inson mehnati bilan elda aziz. A’loxon Gʻiyosov ana shunday insonlardan biri. U Yunusobod tumani “Nuroniy” jamoatchilik nazorati guruhi raisi o‘rinbosari. Tinib tinchimagan qahramonimizni har doim aholi orasidan topasiz.

Yillar mobaynida samarali mehnati munosib e’tirof etilib, Respublika Qurolli Kuchlarining «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» ko‘krak nishoniga munosib deb topildi.

A.Gʻiyosov yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Powered by GSpeech