Ertaga — respublikamiz bo‘ylab navbatdagi "Avtomobilsiz kun"
19-fevral, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi. Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21 fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19-fevral kuni Yunusobod tumanida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilamiz.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari!
“Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmang! O‘zimiz nafas olayotgan havo toza bo‘lishiga hissa qo‘shing. Buning uchun esa shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.
O'zbekcha
Русский
English