ENERGIYA TEJAMKORLIGINI TA’MINLASH CHORALARI KO‘RILDI
Yunusobod tumanida Prezident Adminstratsiyasi mas’ul xodimi Saidazim Murodov, Respublika Bosh Prokuraturasi boshqarma prokurori Asqarali Jo‘rayev, tuman prokuraturasi hamda tuman hokimligi mas’ullari energiya tejamkorligi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.
Dastlab, tumandagi 2-mavze, Husniobod MFY da ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan "Mumtoz" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Ushbu mahallada har bir ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklaridagi eshiklarga maxsus prujina o‘rnatilganligi xonadonlarga issiqlikni me’yorida ta’minlanishi e’tirof etildi. Bundan tashqari elektr energiyasi tejamkorligini t’minlash maqsadida shitlar ham tartibga keltirilgan.
O‘rganishlar chog‘ida hududdagi ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obe’ktlar, tadbirkorlik sube’ktlarida elektr chiroqlaridan behuda foydalanmaslik bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh a’zolari ko‘p qavatli uylarga issiqlik yetkazib beruvchi quvurlar maxsus qoplamalar bilan o‘ralganligiga guvoh bo‘ldi. Barcha mahallalarda issiqlik quvurlarni maxsus qoplamalar bilan izoliyasiya qilish zarurligi yuzasidan topshiriqlar berildi.
O‘rgarishlar chog‘ida aholini qish mavsumida elektr energiya, issiqlik, tabiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish,aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English