ENERGIYA MABAALARINI TEJANG!
Bugungi kunda energiya manbaalaridan tejamkorlik bilan foydalanish davr talabi. Inson kundalik turmush tarzida eng zarur bo‘lgan elektr energiya, tabiiy gazdan foydalanishda tejamkorlik bilan foydalanish zarur.
Yunusobod tumanida Prezident Adminstratsiyasi mas’ullari, tuman hokimligi, sektor rahbarlari energiya manbaalaridan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Tumandagi xizmat ko‘rsatish va servis sohalari, kafe, restaran, poligrafiya, sartaroshxonalar, dorixonalar, ovqatlanish nuqtalarida reyd talbirlari olib borildi. O‘rganishlar mobaynida ushbu xizmat ko‘rsatish ob’yektlarida kunduz bo‘lishiga qaramay, kirish yo‘laklarida, uning atroflarida elektr energiyadan behuda foylanayotganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha tadbirkorlarga energiyadan samarasiz foydalanayotganligi uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
O'zbekcha
Русский
English