EKSPORT HAJMI OSHMOQDA

31.01.2025 / 137

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliye tomonidan tadbirkorlik sube’ktini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunda tadbirkorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlanib, zarur ko‘maklar berilmoqda. Natijada raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib, eksport hajmini oshirish ta’minlanayapti.

Raqamlarga e’tiboringizni qaratamiz. O‘tgan davr mobayinida eksport geografiyasini (34 tadan) 6 taga kengaytirilib, 40 taga yetkazildi. Mahsulot turlari 9 taga ko‘payib, 42 xil mahsulotlar eksporti amalga oshirilmoqda. Eksportyor korxonalar soni 114 taga oshirildi va hozirda 167 ta korxona eksport faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.


2024 yil jami reja 280,0 mln dollarni tashkil etib, amalda 396,4 mln dollar 141,5 foizga bajarildi.

Sohalar kesimida tahlil qilamiz:

- Turizm va xizmatlar eksporti 206,5 mln dollar; - sanoat mahsulotlari eksporti 174,6 mln dollar
- meva-sabzavot mahsulotlari 15,3 mln dollar rejada belgilangan edi.

Powered by GSpeech