Ekologik tanlov o‘tkazildi
12.02.2025
/
225
Yunusobod tumanidagi 288-maktabda maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" Respublika tanlovining Yunusobod tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimi U. Yusupova, Yunusobod tumani MMTB bo‘limi boshlig‘i S. M. Qirgizboyev, tuman ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mutaxassis D. I. Mo‘minova va tuman ekologiya bo‘limi mas’ul xodimi A. Yusupov ishtirok etdilar.
Jamoalar hakamlar hay’ati tomonidan 4 ta shart bo‘yicha baholandi.
Tanlov natijalari:
1-o‘rin – 235-maktab
2-o‘rin – 273-maktab
3-o‘rin – 98-maktab
Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
O'zbekcha
Русский
English