DXX Kubogi qizg‘in pallaga kirdi

30.05.2025 / 108

 Har bir uchrashuv – dramatik voqealar, chiroyli gollar va haqiqiy jamoaviy ruhga boy o‘tmoqda.  Kecha navbatdagi uchrashuvda Oqtepa MFY jamoasi Shaxriston MFY jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Har tomonlama ustunlikni qo‘lga kiritgan Oqtepa jamoasi 8:2 hisobida yirik g‘alabaga erishdi va final bosqichiga yo‘l oldi! 

Yana bir bahsli bellashuv Qadirdon MFY va Katta Hasanboy MFY jamoalari o‘rtasida kechdi. Muxlislar kutganidek, uchrashuv qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. O‘yin natijasiga ko‘ra Katta Hasanboy MFY jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

 Qadirdon MFY jamoasi esa 3-o‘rin uchun Shaxriston MFY jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Albatta, bu o‘yin ham tomoshabop va qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Oldindagi final va 3-o‘rin uchun bellashuvlarda barchaga omad tilaymiz!

Powered by GSpeech