DXХ kubogi o'yinlari qizg'in kechmoqda

06.05.2025 / 164

Yunusobod tumani da DXK kubogi doirasida o'tkazilgan navbatdagi futbol bahslari o'z yakunlariga yetdi va ushbu musobaqa qizg'in bahslar bilan yodda qoldi. Bahslar yuqori saviyada o'tkazildi va har bir jamoa o'zining o'yini bilan muxlislarni xursand etdi.

Ushbu turda jamoalar o'rtasida quyidagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi:

"Tiklanish" – "Astrabod":
Qizg'in bahsda "Tiklanish" jamoasi o'z raqibi "Astrabod" jamoasini 5:3 hisobida mag'lub etdi. Oydin o'yinlar va yuqori darajadagi taktika ishlarini namoyish etgan har ikki jamoa muxlislarga ajoyib futbol o'yinini ko'rsatdi. "Tiklanish"ning g'alabasi ularning jamoaviy ishi va bir-birini tushunishi o'yinda g'alabani ta'minladi.

"Hasanboy" – "Mingchinor":
"Hasanboy" jamoasi o'z raqibini 8:0 hisobida juda yirik tarzda mag'lub etdi. Bu uchrashuvda "Hasanboy" jamoasining to'purarlari va yarim himoyachilari o'zlarining a'lo darajadagi o'yini bilan harakat qilib, muxlislarni ham xayratga soldilar. "Mingchinor" jamoasiga esa bu bahsda g'alaba qozona olish uchun ko'proq mashg'ulotlar o'tkazish kerakligini yaqql ko'rsatdi.

 Ushbu bahslar futbol muxlislarga ajoyib kayfiyat ulashdi va har bir jamoa katta tajriba oldi. Barcha jamoalarga o'yinlar uchun katta minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu musobaqalar mamlakatimizning futbol sohasini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shmoqda.

Powered by GSpeech