Dolzarb 90 kun

15.06.2025 / 146

  Yunusobod tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Baxtli bolalik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Tadbir tuman Madaniyat markazi hamkorligida tashkil etildi. Unda mashhur san’at namoyondalari — kinorejissyor va dublyaj aktyori Sayfiddin Fayziyev, xonanda Shohrux Ibodullayev va sozanda Mohirjon Komilov ishtirok etishdi. Ular bolalar uchun qiziqarli va o‘rgatuvchi mahorat darslari o‘tkazishdi.

   Tadbir davomida bolajonlar tayyorlagan konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

Powered by GSpeech