Doimiy komissiya yig‘ilishi

10.09.2024 / 188

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya raisi Abdumalik Tulyaganov, komissiya a’zosi Shavkat Kubanbayev hamda Kengash deputatlari Dilfuza Yusupova, Otabek Buzurukxudjayev ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Yunusobod tumani bo‘yicha “Tashabbusli budjet” 2024-yil ikkinchi mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra “Gʻolib” deb topilgan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish va “Manzilli ro‘yxat”ni tasdiqlash jarayonlari bo‘yicha xisobot eshitildi.

Bu haqda Yunusobod tumani hokimining birinchi ӯrinbosari Avazbek Tӯlaganov xisobot berdi.

Powered by GSpeech