Diyora Musulmanova Germaniya davlatiga sayohatga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
20.12.2024
/
149
Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida jadid alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etgan holda ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida jadidlar izidan tanlovi o‘tkazilmoqda
Ushbu tanlovning respublika bosqichida Toshkent shahar Yunusobod tumani 240-maktabining 7- sinf o‘quvchisi Diyora Musulmanova Bahrom qizi g‘olib bo‘ldi
Diyora Musulmanova Bahrom qizi tanlovda yuqori ball to‘plab, Germaniya davlatiga sayohatga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O'zbekcha
Русский
English