DIQQAT E’LON! YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

13.10.2024 / 274

YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 14 - oktyabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Yunusobod tumanidagi quyidagi mahallalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

«Sharq haqiqati»,
«Katta Hasanboy»,
«Islomobod»,
«Adolat»,
«Uchqahramon» 
«Nurmakon» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Powered by GSpeech