Deputatlar aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Yunusobod tuman Kengashi deputatlari Marina Murzametova va Natalya Voropayeva belgilangan reja-grafik asosida o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etishdi.
Uchrashuvlarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
-mahalla yettiligi faoliyatini o‘rganish;
-aholining ijtimoiy ta’minoti holatini tahlil qilish;
-sanitariya va ekologik sharoitlarni o‘rganish;
-bandlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish;
-huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rib chiqish;
-fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish.
Tadbirlar davomida fuqarolar mahallalarni barqarorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi sifatida rivojlantirishga katta qiziqish bildirishdi.
Deputatlar mahalla faollari bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidlashdi. Uchrashuvlarda bildirilgan barcha taklif va mulohazalar tegishli tashkilotlarga yetkazilib, nazoratga olinadi.
O'zbekcha
Русский
English