Deputat qabuli: aholi muammolariga yechim topilmoqda

28.03.2025 / 159

Yunusobod tumanidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Baxtiyor Maxkamov fuqarolar va talabalarni qabul qildi.

Qabul davomida, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi, ularning muammolari o‘rganilib, yechim topish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlar orasida oilaviy ajrimlar, mehnat huquqlariga doir, tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan muammolar, shuningdek, ta’lim sohasidagi kamchiliklar va talabalarga bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Baxtiyor Maxkamov ish va ta’lim imkoniyatlari kengaytilishini, talabalarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini, shuningdek, yurtimizdagi tadbirkorlik muhitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilganini ta’kidladi. Qabulda bildirilgan muammolarga har tomonlama yondashish va ularni samarali hal etish maqsadida tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish va tezkor choralar ko‘rish lozimligi muhokama qilindi.

Murojaatlarni samarali hal etish maqsadida ushbu qabul har haftaning payshanbasi muntazam ravishda tashkil etilmoqda, bu aholining qonuniy huquqlarini ta’minlash va ularni tinglash, davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Qabul jarayonida, deputatlar va fuqarolar o‘rtasida ochiq va konstruktiv muloqot o‘tkazilishi, shunday tadbirlar orqali odamlar bilan yaqindan ishlashga harakat qilinmoqda.
Baxtiyor Maxkamov ushbu kabullarning ahamiyatini ta’kidlab, har bir fuqaro va talabaning murojaatiga javob berish va ularga ko‘maklashish ishida davom etadi.

Powered by GSpeech