DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI BILAN UCHRASHDI

09.01.2025 / 174

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Dilnoza Musayeva Akbarobod mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalladagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal qilish bo‘yicha taklif va chora-tadbirlar muhokama qilindi.

 Deputat tashabbusi bilan mahalla kutubxonasiga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu sovg‘a kutubxona fondini boyitishga va mahalla aholisining kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

 Bunday tashabbuslar mahalladagi ijtimoiy va madaniy hayotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Powered by GSpeech