Deputat boshchiligida topshiriqlar ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Shuhratovich Mahkamov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar:
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi.
Yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish va ularning natijadorligini oshirish bo‘yicha davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalar. Yig‘ilish davomida ushbu topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Tadbir so‘ngida deputat o‘z tavsiyalarini berdi.
O'zbekcha
Русский
English