Deputat bolalar maktabi faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I.Ashrapova “Barkamol avlod” bolalar maktabi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida Prezidentimizning 2019 yil 30 sentyabrdagi PQ-4467-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 maydagi 331-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Maktab tarmoq to‘garaklari orqali 6 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda. Maktab to‘garaklari jadvali ta’lim jarayoniga mos ravishda shakllantiriladi.
Bolalar Rossiyaning Volga shahridagi Xalq hunarmandchiligi festivali va “Ashihara-karate” sport bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etib, jami 24 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Ayni paytda to‘garaklarda ishtirok uchun aholining eng kam 10% qismi tomonidan oyiga 37 500 so‘m to‘lanadi. “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va kambag‘allik reyestrida turgan oilalar farzandlari uchun mashg‘ulotlar bepul tashkil etilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English