Deputat aholi muammolarini o‘rgandi va amaliy yordam ko‘rsatdi

12.06.2025 / 116

    Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sanjar Sobirjonov Tiklanish mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq, samimiy va amaliy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan infratuzilma, sanitariya holati, ishsizlik, yoshlar bandligi, aholi uchun qulay sharoit yaratish kabi dolzarb muammolar tinglandi. Deputat har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, mavjud masalalarni o‘rganish va yechim topish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishini ma’lum qildi.

Uchrashuvdan so‘ng deputat S. Sobirjonov mahalladagi kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, bemorligi tufayli mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari va muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlar ulashildi hamda kelgusida doimiy qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi bildirildi. Deputat tomonidan yuborilgan bu kabi ko‘mak nafaqat moddiy, balki ma’naviy jihatdan ham aholiga yuksak kayfiyat va ishonch bag‘ishladi.
 Sanjar Sobirjonov bunday uchrashuvlar nafaqat muammolarni yechish, balki xalq bilan yaqin muloqotni ta’minlash, joylardagi real holatni o‘rganish va jamiyatni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil ekanligini ta’kidladi.

Powered by GSpeech