Davlat xavfsizligi xizmati kubogi”ning Yunusobod tumani bosqichi final o‘yini va taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida futbol, mini futbol va qizar o‘rtasida futbol sport turlari bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati kubogi”ning Yunusobod tumani bosqichi final o‘yini va taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, Davlat xavfsizligi xizmati Yunusobod tumani bo‘limi rahbari A.Niyazov, Yunusobod tumani prokurori Ya.Abdurahmonov, Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i M.Saydazimovlar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida Yunusobod tumani hokimi B. Abduvaliyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan sportga berilayotgan e’tibor, yoshlarni sportga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritib, jamoalarga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tumandagi uyushmagan, kam ta’minlangan hamda xorijiy mamlakatlarda ishlab kelib, hozirda ishsiz bo‘lgan yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sportga jalb qilish, shuningdek mini futbol va futbol sport turlarini ommalashtirish va iqtidorli yosh sportchilarni aniqlashdan iborat.
Musobaqada joriy yilning aprel–may oylarida 64 ta mahalla jamoalari qatnashib, 2 304 nafar yoshlar ishtirok etdi. Ular orasida 40 nafar qizlar ham bor edi.
Futbol bo‘yicha — 64 jamoa, 1 024 nafar ishtirokchi, mini futbol bo‘yicha — 64 jamoa, 640 nafar ishtirokchi bahslarda qatnashdi. Qizlar futbolida esa — 4 jamoa, 40 nafar ishtirokchi bellashuvlarda ishtirok etdi.
Final bosqichi natijalari bilan tanishing:
Qizlar o‘rtasida mini futbol:
1-o‘rin — “Uvaysiy” jamoasi
2-o‘rin — “Katta Xasanboy” jamoasi
3-o‘rin — “Qadrdon” jamoasi
O‘g‘il bolalar o‘rtasida mini futbol:
1-o‘rin — “Matonat” mahallasi jamoasi
2-o‘rin — “Tiklanish” mahallasi jamoasi
3-o‘rin — “Obod” mahallasi jamoasi
O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol:
1-o‘rin — “Oqtepa” mahallasi jamoasi
2-o‘rin — “Katta Xasanboy” mahallasi jamoasi
3-o‘rin — “Qadrdon” mahallasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Tuman bosqichida jami 144 nafar yoshlar — 4 ta mini futbol, 4 ta qizlar futboli va 4 ta futbol jamoalari ishtirok etdi.
Yunusobod tumani bosqichida g‘olib va sovrindor jamoalar kubok, diplom, medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Yunusobod tumanida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent shahar bosqichida tuman sharafini himoya qiladi.
O'zbekcha
Русский
English