“Chinobod” 8-ko‘chasida kabel simini o‘tkazish maqsadida yo‘l kovlanib, ta’mirlanmay qolib ketgani tanqid munosabat

25.06.2025 / 110

  Telegram kanallardan birida Yunusobod tumanidagi “Chinobod” 8-ko‘chasida kabel simini o‘tkazish maqsadida yo‘l kovlanib, ta’mirlanmay qolib ketgani tanqid qilingan post joylandimazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
  Mazkur hududda yuqori kuchlanuvchi yer osti kabellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu jarayon yaqinda yakunlandi. Bu kabellar shahar infratuzilmasining barqarorligini ta’minlash va elektr ta’minotini yanada ishonchli qilish maqsadida o‘rnatildi.
  Tuman hokimligi tomonidan yo‘lning asfalt qoplamasini qayta tiklash uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasiga alohida ko‘rsatma berildi. Qisqa muddat ichida yo‘l asfalt bilan qoplanadi va aholi uchun qulay hamda xavfsiz holatga keltirilishini ma’lum qilamiz.

Powered by GSpeech