CHINGIZ AYTMATOV XOTIRASI YODGA OLINDI

08.08.2024 / 236

Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosarlari J.Nabiyev, D.Muhsimova, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi R.Kurbonovlar Chingiz Aytmatov Yodgorligi poyiga gul qo‘ydi. Marosimda, ushbu yodgorlik 2018 yili 21 noyabr kuni Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘rnatilganligiga to‘xtalib o‘tib, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda Chingiz Aytmatovning o‘rni katta ekanini alohida taʼkidlandi.

Yodgorlik oldida atoqli yozuvchi, Ch.Aytmatov haqida suhbat qurildi. Muloqotda u nafaqat qirg‘iz xalqining, balki butun jahon xalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining ham sevimli yozuvchisi ekanligi eʼtirof etildi. O‘zbek xalqi Ch.Aytmatovni nafaqat buyuk yozuvchi, balki buyuk shaxs, o‘zbek-qirg‘iz adabiy aloqalarini, xalqlarimiz o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan xalq diplomati sifatida ham biladi.

Powered by GSpeech