Bunyod Rufatov sportda yana bir zafarni qo‘lga kiritdi!

31.10.2025 / 67

Yunusobodning faxri — Bunyod Rufatov sportda yana bir zafarni qo‘lga kiritdi!

Yunusobod tumani 313-maktabning 11-“V” sinf o‘quvchisi Bunyod Rufatov sport sohasida o‘z iqtidorini yana bir bor  bor namoyon etdi. U o‘zining raqibi bilan bo‘lgan bahsda yuqori mahoratini namoyon etib, yoshlarga namuna bo‘ldi.

Bahs davomida Bunyodning tezkor harakatlari, irodasi, jismoniy tayyorgarligi va raqibga nisbatan hurmat bilan yondashishi tomoshabinlar va murabbiylar tomonidan yuqori baholandi.

Bu natija yosh sportchining mehnatsevarligi, intizomi va doimiy mashg‘ulotlar orqali katta marralarni zabt etishga bo‘lgan intilishining yorqin ifodasidir.

 Bunyod Rufatovning bu yutug‘i barcha yoshlarga ilhom bag‘ishlab, ularni sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarzini tanlashga chorlaydi.

Powered by GSpeech