Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan seminari o‘tkazildi

25.12.2025 / 19

Yunusobod tumani hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik xodimlari va mas’ul kadrlar keng ishtirok etdilar.

Seminara davlat xizmatida faoliyat samaradorligini baholash tizimi, Prezidentimizning 2025 yil 19-iyundagi PF-95 sonli farmonining mazmun-mohiyati, salohiyatli kadrlar zahirasini shakllantirish va yuritish tartibi, shuningdek, kadrlar zahirasiga kiritilgan shaxslar bilan samarali ishlash usullari va ularning yuritilish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar seminar davomida olingan bilim va tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash orqali tuman hokimligida ish samaradorligini oshirish va kadrlar siyosatida yuqori sifatli natijalarga erishishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Powered by GSpeech