BOSH PROKUROR O‘RINBOSARI TUMANDA MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.A.Aminov Yunusobod tumanida aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energoresurslar bilan barqaror ta’minlash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini o‘rgandi. Xususan, “Uvaysiy” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganib, aholining yashash sharoitini yahshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni jadallashtirishga oid tegishli ko‘rsatmalarni berdi. Shuningdek, “Kafolat ta’mir” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishilib, mavjud qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
«Vosiq International School» nomli nodavlat ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, o‘quvchilarning sog‘lom muhitda ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi, binoning umumiy ahvolini ko‘zdan kechirdi.
So‘ngra, ’Yashil makon’’ umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida tumandagi 258-sonli umumta’lim maktabida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilib daraxt ko‘chatlari ekildi.
O'zbekcha
Русский
English