Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari va mikroloyihalar o‘tkaziladi

26.03.2025 / 209

Yarmarka davomida turli sohalardagi nufuzli korxona va tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etiladi, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Tadbirda yirik ish beruvchilar, kichik va o‘rta biznes vakillari, bank mutaxassislari hamda ish topish istagida bo'lgan fuqarolarimiz ishtiroki kutilmoqda.

Yarmarka tafsilotlari:

Yunusobod tumani
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
Sana: 27-mart
Boshlanish vaqti: 11:00

Barqaror ish va maosh, shuningdek, yangi loyihalarga qadam qo‘yish uchun imkoniyat izlayotgan barchani ushbu yarmarkada ishtirok etishga taklif qilamiz!

Powered by GSpeech