BOLOJONLARNING QALBI QUVONCHGA TO‘LDI

26.12.2024 / 180

Yunusobod tumani hokimligi, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tumandagi maktabgacha ta’lim boshqarmasiga qarashli 560-sonli ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanayotgan nogironligi bor bolalar uchun xayriya – yangi yil bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokim o‘rinbosari J.Nabiyev, tuman prokurori Ya.Abdurahmonov hamda Qorbobo va Qorqiz paradi ishtirok etdi.

Bayram tadbirida Qorbobo va Qorqizlar tomonidan yangi yil navolari, kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ertak qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli sahna ko‘rinishlari bolajonlarga o‘zgacha zavq va quvonch baxsh etdi. Bolajonlar kutgan eng unitilmas onlar, bayram sovg‘alari ulashildi. Ularning qalbi quvonchga to‘lib, yod olgan she’rlarini aytib berishdi.

Powered by GSpeech