BOLALARGA QUVONCH ULASHILDI.
23.12.2024
/
158
Bolalar bizning kelajagimiz. Beg‘ubor qalb va tabassum egalari bo‘lgan bolajonlar vatanimiz porloq istiqboli egalaridir. Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yem Aleksandr Vissarionovich hamda partiya faoli Li Olesiyalar deputat saylangan hududda joylashgan "Uvaysiy, Shoshtepa, Yurtobod" mahallalarida yashovchi ehtiyojmand oilalar farzandlarini “Toshkent sitiy Mall”ga tashriflarini uyushtirdilar.
Kutilmagan sayohat bolalar uchun chinakam bayramga aylanib ketti. Bolalar "Toshkent sitiy Mall” o‘yingohlarida maroq bilan o‘ynab dam oldilar. Sayohat so‘ngida tamaddi qilinib, yashash manzillariga elitib qo‘yildi. Bu kun bolajonlar hayotida unitilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
O'zbekcha
Русский
English