BOLAJONLARGA PREZIDENT SOVGʻALARI TOPSHIRILDI
23.12.2024
/
205
Bolajonlarning Yangi yil bayrami arafasida qalbi quvonchga to‘ladi. Boisi har bir bola Yangi yil bayramida Prezident sovg‘asini olishni intiqlik bilan kutadi.
Bugun, Yunusobod tumani hokimligida chin yetimlar, vasiylik va homiylikka olingan bolalar, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan huquq-tartibot idoralari xodimlarining farzandlari hamda nogironligi bo‘lgan o‘g‘il-qizlar uchun “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
Tadbirda Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari D.Muhsimova hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutasaddilari bilan bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ularga turli xildagi sovg‘alar ulashildi.
O'zbekcha
Русский
English