BOLAJONLAR UCHUN BAYRAM TADBIRI TASHKIL QILINDI

13.12.2024 / 239

Yunusobod tumani hokimligi tomonidan Yangi yil bayrami oldidan bolajonlarning qalbiga quvonch ulashmoqda. Bugun "Toshkent yoshlarni sevadi" festivali doirasida Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar va ota-onalar tashrif buyurishdi. Bundan tashqari mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan oilalarning farzandlari ham taklif qilindi.

 Bolajonlar tadbirda har bir teatrlashtirilgan dasturlarni katta qiziqish bilan tomosha qildi. Ular yangragan kuy-qo‘shiqlarga mazza qilib raqsga tushdi. Topishmoq,tez aytish va bilog‘on vektorinalarida o‘zlarining mohir va bilimdonligini ko‘rsatdi.

Powered by GSpeech