BOLAJONLARNING QALBI QUVONCHGA TO‘LDI

11.12.2024 / 245

Yunusobod tumani hokimligi tomonidan Yangi yil bayrami oldidan bolajonlarning qalbiga quvonch ulashmoqda. Kuni kecha "Toshkent yoshlarni sevadi" festivali doirasida O‘zbekiston Milliy kino saroyida bolajonlar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 1800 nafar o‘quvchilar va 150 nafar ota-onalar tashrif buyurishdi. Bundan tashqari mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan oilalarning farzandlari ham taklif qilindi.

O‘zbekiston Milliy kino saroyida o‘tkazilgan bolalar shou dasturidagi "Mimi shou" va "Villur boshmoqli qiz" spektakli namoyish qilindi. Bolajonlar tadbirda har bir teatrlashtirilgan dasturlarni katta qiziqish bilan tomosha qildi.

Tadbirda teatr jamoasi tomonidan sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigenaga amal qilish, hayotda o‘z maqsadi sari dadil qadam tashlash, jamiyatga o‘z o‘rnini topish uchun ilm olish, halol mehnat qilib tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi sahna ko‘rinishlarida namoyish qilindi.

Bolajonlar yangragan kuy-qo‘shiqlarga mazza qilib raqsga tushdi. Topishmoq,tez aytish va bilog‘on vektorinalarida o‘zlarining mohir va bilimdonligini ko‘rsatdi.

Powered by GSpeech