Bog‘iyeram mahallasida mahalla raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi
Bugun Yunusobod tumanidagi “Bog‘iyeram” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisligini saylash bo‘yicha navbatdagi saylov bo‘lib o‘tdi. Saylovda 390 nafar saylov huquqiga ega vakillardan 385 nafari faol ishtirok etdi. Saylov jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilib, fuqarolarning faolligi юқори даражада бўлди.
Saylov natijalariga ko‘ra, 360 nafar saylovchining ishonchini qozongan Salimova Umida Baxtiyarovna yana bir bor mahalla raisi etib saylandi.
Ushbu natija Salimova Umida Baxtiyarovnaning mahallada olib borayotgan samarali faoliyati, fuqarolar orasida mustahkam ishonch va hurmatga sazovor bo‘layotganini yaqqol namoyon etadi. U 2018 yildan buyon Boğiyeram mahallasiga rahbarlik qilib kelmoqda. 2022 yilda ham fuqarolar ishonchini qozonib, qayta rais etib saylangan edi.
O‘tgan yillar davomida Salimova Umida Baxtiyarovna mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, aholi bilan tizimli va samimiy muloqot o‘rnatish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish, fuqarolarning bandligini oshirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni amalga oshirdi.
Uning yetakchiligi ostida mahallada obodonlashtirish ishlari, ko‘p qavatli uylar atrofiga yashil hududlar barpo etish, yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, sport musobaqalari, ekologik tadbirlar va turli ijtimoiy loyihalar o‘tkazildi. Ayniqsa, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Aholi orasida olib borilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, nomzodning ochiqligi, tashabbuskorligi ва mehribonligi унинг katta ishonch билан qo‘llab-quvvatlanishiga asos bo‘ldi. Saylovda ishtirok etgan fuqarolar faoliyatidan mamnunligini bildirdilar.
Yangi muddatda ham Salimova Umida Baxtiyarovna mahalla taraqqiyoti, aholining turmush darajasini oshirish, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash yo‘lida ish faoliyatini izchil davom ettirishini bildirdi.
O'zbekcha
Русский
English